Furqatbek Yoqubov braziliyalik raqibini nokautga uchratdi

AQShning Arizona shtatidagi «Arizona Financial Theatre» majmuasida MMA bo‘yicha LFA 196 turnirida o‘tkazildi.
Ushbu oqshom doirasida o‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Furqatbek Yoqubov (15-4) oktagonga ko‘tarildi. Hamyurtimiz braziliyalik Flavio de Kuyeyrozni (14-5) ikkinchi raundda nokautga uchratdi. Jang o‘ta yengil vazn (57 kg) toifasida tashkil etildi.
Shu tarzda Furqatbek Yoqubov MMAdagi 15-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Jangdan keyin u Deyna Uaytdan UFC shartnomasini so‘radi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter