Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik 3 nafar o‘quvchi Xalqaro matematika olimpiadasida sovrindor bo‘ldi

O‘zbekistonlik 3 nafar o‘quvchi Xalqaro matematika olimpiadasida sovrindor bo‘ldi

Joriy yilning 5-13-iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida dunyoning 112 ta mamlakatidan jami 623 nafar maktab o‘quvchilari ishtirok etgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO)da 3 nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Ular – Toshkent shahridagi Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o‘quvchisi Ozodbek Axtamov, Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi Ixtisoslashtirilgan maktab 11-sinf o‘quvchisi Anvarbek Raxmatov hamda Buxoro viloyati Peshku tumanidagi 18-maktab 11-sinf o‘quvchisi Anvarbek Sadulloyevlar.

Sovrindorlar 2019-yil 3-maydagi Prezident Qaroriga muvofiq, 3-o‘rin (bronza medal) uchun BHMning 200 baravari (66 mln so‘m) bilan taqdirlanadilar. Ustozlariga esa BHMning 150 baravar (49,5 mln so‘m) miqdorida pul mukofotlari beriladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik yoshlar 1997-yildan boshlab ishtirok eta boshlagan mazkur nufuzli musobaqada hozirga qadar 10 ta kumush va 32 ta bronza medallari qo‘lga kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring