O‘zbekistonga telefon olib kirish miqdori keskin ortdi
O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar-may oylarida xorijdan qiymati 80 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,1 mln. dona mobil telefon import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot bergan.
Telefon importi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 216311 donaga oshgan.
O‘zbekiston 10 ta davlatdan telefon import qilgan.
O‘zbekiston 5 oy mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
— Xitoy – 846 504 dona
— Vetnam – 128 407 dona
— Hindiston – 73 371 dona
— BAA – 47 112 dona
— Qozog‘iston – 4030 dona
— Koreya – 1 586 dona
Eslatib o‘tamiz, Statqo‘m chet eldan olib kirilayotgan mashinalar xususida ham ma’lumot bergandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter