Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga banan importi keskin oshib bormoqda

O‘zbekistonga banan importi keskin oshib bormoqda

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2024-yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 50,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 60 ming tonna banan import qilingan.

Banan importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,7 ming tonnaga oshgan.

O‘zbekiston 2 oyda 8 ta davlatdan banan xarid qilgan.

O‘zbekiston 2024-yilning dastlabki 2 oyida eng ko‘p banan import qilgan davlatlar:

— Ekvador – 56 ming tonna

— Xitoy – 1,7 ming tonna

— Gruziya – 1,2 ming tonna

— Turkiya – 450 tonna

O‘zbekistonga 2023-yilda xorijdan qiymati 95,1 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 133,5 ming tonna banan import qilingan.

O‘zbekiston 2023-yilda eng ko‘p – Ekvador (130  ming t), Xitoy (1 043 tonna), Gruziya (976 t), Turkiya (746 t) va Qozog‘iston (375 t) davlatlaridan banan import qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring