Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilar (TOP-20)

O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilar (TOP-20)

Foto: «Espanarusa.com»

Moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilar «O‘ztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasi va «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi sanaladi, ularning bu yilgi davlat budjeti daromadlaridagi ulushi 5,1 va 5 foizni tashkil etadi. Bu haqda «Nuz.uz» sayti xabar bermoqda.

«Yetakchi uchlik»ka «Olmaliq TMK» ham kirgan — korxonaning davlatimiz budjetidagi hissasi 3,1 foizga teng.

Moliya vazirligi xabar berishicha, mamlakatimizdagi 20 ta eng yirik soliq to‘lovchi korxona hisobidan davlat budjetining 1/3 qismi ta’minlanmoqda.

Eng ko‘p soliq to‘lovchi kompaniyalar (TOP-20)

  1. «O‘ztransgaz» — 5,1 foiz
  2. «Navoiy KMK» — 5 foiz
  3. «Olmaliq TMK» — 3,1 foiz
  4. «Muborakneftgaz» — 2 foiz
  5. «O‘zBAT» — 1,8 foiz
  6. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi — 1,8 foiz
  7. «Beeline Uzbekistan» — 1,5 foiz
  8. «Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi» — 1,4 foiz
  9. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi — 1,2 foiz
  10. «Qizilqumsement» — 1,2 foiz
  11. «ASIA TRANS GAS» — 1,2 foiz
  12. «O‘zbekenergo» — 1,2 foiz
  13. «Toshkent vino kombinati» — 1 foiz
  14. «Sho‘rtanneftegaz» — 1 foiz
  15. «O‘zKorGazChemikal» — 1 foiz
  16. «Ucell» — 1 foiz
  17. «O‘zbekiston temir yo‘llari» — 0,9 foiz
  18. «Coca-Cola» — 0,8 foiz
  19. «Ohangaronsement» — 0,6 foiz
  20. Muborak gazni qayta ishlash zavodi — 0,5 foiz.

2018-yili davlat budjetining daromadlari 62 229,5 mlrd. so‘m bo‘lishi kutilmoqda, shundan 92 foizi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlardan shakllantiriladi.

Davlat budjetining uchdan bir qismi qo‘shimcha qiymat solig‘idan shakllantiriladi. Shuningdek, aksiz solig‘i, yer osti resurslaridan foydalanganlik, jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqlar davlat budjetini shakllantirishda salmoqli o‘rin tutadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring