Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondagi eng yirik 20 ta soliq to‘lovchi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistondagi eng yirik 20 ta soliq to‘lovchi ma’lum bo‘ldi

Foto: Fiskal tahlillar

2024-yil yanvar-aprel oylarida 2 187 ta yirik soliq to‘lovchi tomonidan 32,9 trillion so‘mdan ortiq soliq tushumlari amalga oshirildi.

Fiskal tahlillar Telegram-kanali O‘zbekistondagi top-20 yirik soliq to‘lovchi haqida ma’lumot berdi. Ushbu kanal tahliliga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-aprel oylarida 2187 ta yirik soliq to‘lovchi tomonidan 32,9 trillion so‘mdan ortiq soliq tushumlari amalga oshirildi.

Shundan 16,2 trillion so‘mi davlat ulushi mavjud eng yirik 10 ta soliq to‘lovchi hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Bu toifada soliq to‘lovlari bo‘yicha «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» yetakchilik qilmoqda — 7,7 trillion so‘mdan ziyod soliq to‘lagan.

Xususiy sektordagi top-10 yirik soliq to‘lovchilar bu davrda 2,5 trillion so‘mdan ziyod soliq to‘lagan.

Xususiy sektor kompaniyalari orasida «UzBAT» AJ QK eng yuqori ko‘rsatkichga ega — 843 milliard so‘m soliq tushumlarini amalga oshirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring