O‘zbekistondagi chang bo‘ronlari sababi aytildi
«O‘zgidromet» so‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda ko‘p kuzatilayotgan qum va chang bo‘ronlari paydo bo‘lishi sabablarini keltirdi.
Changli bo‘ron – bu atmosfera hodisasi bo‘lib, yer yuzidan katta miqdordagi qum va changlarni kuchli shamol ta’sirida ko‘tarilishidir.
Bizning hududimizda bunday jarayonlar ko‘pincha bahorda va yozning boshida rivojlanadi.
O‘zbekiston, shuningdek Markaziy Osiyoning barcha hududlari uchun changli bo‘ron juda tez-tez uchraydigan hodisadir. Ko‘pincha bunday hodisalar qurg‘oqchil hududlarda — cho‘l va yarim cho‘l hududlarda sodir bo‘ladi.
Ushbu yilning may oyida O‘zbekiston hududi bo‘yicha bir nechta changli bo‘ron hodisalari kuzatildi. Hatto Toshkentda ham 29 may kuni shiddatli kuchli shamol hisobiga changli bo‘ron kuzatildi.
Toshkent qurg‘oqchil hudud deb hisoblanmaydi, lekin so‘nggi yillarda O‘zbekistonda va Toshkent shahrida jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan qurilishlar juda katta miqdordagi qum va changning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda, ular hatto kuchsiz shamol esganda ham havoga ko‘tariladi.
Kushrabod (Samarqand viloyati) meteostansiyasida soat taxminan 15:18 larda shimoli-g‘arbdan kuchli shamol boshlanib, 20 m/s gacha yetgan, shuning oqibatida qumli bo‘ron ko‘tarilgan va taxminan 16:20 larda tingan, deyiladi «O‘zgidromet» xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter