Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuchli chang bo‘roni tufayli Buxoroda aeroport faoliyati cheklandi

Kuchli chang bo‘roni tufayli Buxoroda aeroport faoliyati cheklandi

Uzbekistan Airports matbuot xizmatining xabar qilishicha, noqulay ob-havo sharoiti — kuchli chang bo‘roni, ko‘rish masofasining 500 metrgacha pasayishi sababli Buxoro aeroportida soat 11:40 gacha samolyotlarni qabul qilishda vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.

Shu munosabat bilan Uzbekistan Airways ning Toshkent—Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha HY21 reysi mahalliy vaqt bilan soat 08:56 da Navoiy shahridagi muqobil aerodromga qo‘ndi. Yo‘lovchilar yer usti transportida Buxoroga yetkazilgan.

Shuningdek, 24 dekabrdagi HY285/286 reyslari o‘zgartirilgan jadval va yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:

HY285 Navoiy—Istanbul, jo‘nash mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da.

HY286 Istanbul—Buxoro, jo‘nash mahalliy vaqt bilan soat 19:15 da, Buxoroga yetib kelish 23:25 da.

HY22 Buxoro—Toshkent, jo‘nash mahalliy vaqt bilan soat 00:01 da, Toshkentga yetib kelish soat 01:00 ga rejalashtirilmoqda.

24 dekabr kuni Buxorodan tashqari Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatining ba’zi tumanlarida ham chang-to‘zon kuzatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring