Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyning shimolidagi provinsiyalar qum bo‘roni ostida qoldi (video)

Xitoyning shimolidagi provinsiyalar qum bo‘roni ostida qoldi (video)

Kuchli qum bo‘roni Xitoy shimolidagi o‘nta provinsiya, jumladan, poytaxt Pekinni ham qamrab olgan.

Gobi cho‘lidan boshlangan tabiat hodisasining, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 400 milliondan ortiq odamga ta’sir ko‘rsatgani aytilyapti.

Rasmiylar sariq ogohlantirish e’lon qildi va fuqarolarni uyda qolishga chaqirgan.

Pekindagi mahalliy aholi qum bo‘roni sabab maxsus niqoblarsiz nafas olish deyarli imkonsiz ekanini bildirishdi.

Xitoy meteorologlari joriy yilda mamlakatning shimoliy hududlarida so‘nggi 10 yildagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan ko‘proq qum bo‘ronlari qayd etilganini ma’lum qildi. Bu keng hududlarning cho‘llanishi, shuningdek, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring