O‘zbekistonda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga keldi?
2023-yil 1-yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda jami 1 312 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.
Chaqaloqlarning:
- 687 nafari o‘g‘il;
- 625 nafari qiz.
Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida (172 nafar) qayd etildi.
Hududlar kesimida keyingi o‘rinlarda:
- Qashqadaryo viloyati (169 nafar);
- Namangan viloyati (137 nafar);
- Surxondaryo viloyati (133 nafar);
Samarqand viloyati (121 nafar).
Eng kam tug‘ilish Sirdaryo viloyati (35 nafar)ga to‘g‘ri keldi.
1-yanvar kungi tug‘ilishlar orasida yettitasi — egizaklar.
SSV shifokorlar go‘daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatayotganini, yurtimizda davom etayotgan dam olish kunlarida qator tibbiyot muassasalari bilan birga, 227 ta tug‘uruq kompleksida ham tibbiyot xodimlari, akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholi xizmatida ekanini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter