Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yangi umummilliy harakat tashkil etildi va unga direktor saylandi

O‘zbekistonda yangi umummilliy harakat tashkil etildi va unga direktor saylandi

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risidagi Prezident Farmoniga asosan, «Yuksalish» umummilliy harakati – nodavlat notijorat tashkiloti hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy bo‘linmalarini tashkil etildi.

«Yuksalish» umummilliy harakati fuqarolar, xorijda yashayotgan vatandoshlar va nodavlat notijorat tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtiradi.

Umummilliy harakatning asosiy maqsadi rejalashtirilgan islohotlarni, shu jumladan, Davlat dasturida nazarda tutilgan islohotlarni amalga oshirishga ko‘maklashishdir, shuningdek:

  • xalq va biznes hamjamiyati bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yadi;
  • jamoatchilik nazoratining samarali tizimini shakllantiradi;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shuningdek, fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning sa’y-harakatlari va kuchlarini safarbar etadi;
  • rejalashtirilgan, shu jumladan, Davlat dasturida nazarda tutilgan islohotlarning amalga oshirilishi jarayonini Oliy Majlis palatalari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokama qilishda faol ishtirok etadi;
  • Oliy Majlisi palatalari, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga tahliliy axborot va takliflarni muntazam kiritib boradi.

Umummilliy harakat rahbari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan, hududiy bo‘linmalar rahbarlarini xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari orasidan saylash, ular bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining maslahatchisi hisoblanadi.

Umummilliy harakat raisligiga «Taraqqiyot strategiyasi» markazining sobiq direktori Akmal Burxonov saylandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring