Akmal Burxonov AQSh federal tergov byurosiga bordi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Akmal Burxonov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari AQSh Federal tergov byurosining Boston shahrida joylashgan ofisida Byuroning maxsus vakillari Entoni M.Sankey hamda Metyu F.Giakobbi bilan uchrashdi.
Ma’lum qilinishicha, Entoni M.Sankey Korrupsiyaga qarshi kurash va fuqarolik huquqlari bo‘yicha guruhni boshqaradi va AQShning to‘rtta shtatida korrupsiya, fuqarolik huquqlari va firibgarlik dasturi bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha dastur muvofiqlashtiruvchisi hisoblanadi.
Metyu F.Giakobbi Qo‘shma Shtatlar shimoli-sharqidagi to‘rtta shtatdagi korrupsiya, fuqarolik huquqlari, sog‘liqni saqlash sohasidagi firibgarlik, murakkab moliyaviy jinoyatlar va qimmatli qog‘ozlar firibgarligi bo‘yicha ishlar bilan shug‘ullanadi.
Ma’lumki, Federal tergov byurosi AQShda korrupsiya jinoyatlarini tergov qiluvchi asosiy organ hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, o‘zaro muloqotda korrupsiyaga oid ishlarning olib borilishi, davlat xaridlari, shartnomalar va federal moliyaviy dasturlar bilan bog‘liq firibgarlik holatlari, bu jarayonda qo‘llaniladigan raqamli vositalar xususida o‘zaro fikr almashildi.
Muloqot yakunida AQSh Davlat Departamenti ko‘magida Federal tergov byurosi vakillarining O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish idoralari uchun maxsus trening dasturlarini tashkil etish choralarini ko‘rishga kelishib olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter