Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda xorijiy «sekyuriti»lar taqiqlanyapti

O‘zbekistonda xorijiy «sekyuriti»lar taqiqlanyapti

O‘zbekistonda chet davlatlar tashkilotlari va ularning xususiy qo‘riqlash tashkilotlarining qo‘riqlash faoliyatini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu Senat yalpi majlisida ma’qullangan «Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida nazarda tutilgan.

Bundan O‘zbekistonga qisqa muddatli tashrif bilan kelgan oliy darajali mehmonlar (prezidentlar) xavfsizligini ta’minlash hollari mustasno etib belgilangan. Qonunda qo‘riqlash faoliyatini amalga oshiruvchi sub’yektlar ro‘yxati ham tasdiqlangan.

Shuningdek, jismoniy shaxslarning hayotini va sog‘lig‘ini, ularning mol-mulkini hamda ob’yektlarini tajovuzlardan himoya qilish, qo‘riqlanadigan ob’yektlar hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga chek qo‘yish qonunning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Qonunda qo‘riqlash faoliyatini amalga oshiruvchi sub’yektlar harbiy xizmatchilarining, xodimlarining, ishchilari va xizmatchilarining huquq va majburiyatlari, ushbu lavozimlarga nomzod bo‘lganlarga qo‘yiladigan talablar, soha mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish, harbiy xizmatchi va xodimlarining kasbiy, jismoniy va jangovar tayyorgarligi holati bilan bog‘liq normalar nazarda tutilmoqda.

Qonunda jismoniy kuch ishlatish mumkin bo‘lgan holatlar, maxsus vositalarni va xizmat qurolini qo‘llash shartlari va tartibi, qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik bilan bog‘liq normalar mustahkamlab qo‘yilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring