IIVning ayrim vazifalari Milliy gvardiyaga beriladi
O‘zbekistonda Ichki ishlar vazirligining bir qator vazifalarini Milliy gvardiyaga berish rejalashtirilmoqda. Jumladan, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi «Qo‘riqlash» respublika birlashmasi — Milliy gvardiya qo‘riqlash bosh boshqarmasiga, ichki ishlar organlari huzuridagi texnik qo‘riqlash va harakat qilish punktlari (PTOR) — Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘limlarining texnik qo‘riqlash markaziga (punktiga) aylantiriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan qaror loyihasida keltirilgan.
Qaror loyihasida Milliy gvardiyaga quyidagi vazifalarni topshirish rejalashtirilgan:
- surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash —profilaktika muassasalarini qo‘riqlash;
- diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarini qo‘riqlash;
- teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar ob’yektlarini qo‘riqlash, muhofaza qilish hamda ularning xavfsiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;
- «Do‘rmon» milliy bog‘ining xavfsizligini ta’minlash;
- Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarish sohasida ishlash guvohnomasini berish.
Ma’lumot uchun, Milliy gvardiya 2017-yil avgustida Prezident farmoniga asosan tashkil etilgan edi. Joriy yil yanvarida Qo‘riqlash bosh boshqarmasi IIVdan Milliy gvardiya tarkibiga o‘tkazildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter