Maktablarga «tashvish» tugmalari o‘rnatilib MG qo‘riqloviga olingan
Maktablarda xavfsiz muhitni yaratishga, o‘quvchilarga nisbatan jismoniy xavf-xatarlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida shahar-tuman markazlaridagi barcha ta’lim muassasalariga «tashvish» tugmalari va videokuzatuv moslamalari o‘rnatilgan va Milliy gvardiya qo‘riqloviga olingan.
Bu haqda Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Jo‘rayevning mamlakat aholisiga murojaatida ma’lum qilinadi.
«Kelgusida ham ta’lim muassasalarining qo‘riqlov tizimini takomillashtirish borasida «Xavfsiz ta’lim» konsepsiyasi joriy etilib, bu sohada keng ko‘lamli ishlarni davom ettiramiz», – deydi general-mayor Jo‘rayev.
Shuningdek, murojaatda bozorlar, istirohat bog‘lari va xiyobonlardagi savdo ob’yektlari individual qo‘riqlash bo‘yicha signalizatsiya vositalari hamda ular joylashgan hududlar ham «tashvish» tugmalari bilan bosqichma-bosqich jihozlanishi aytiladi. Shu tariqa davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda «Xavfsiz bozor», «Xavfsiz dam olish maskani» konsepsiyalarini hayotga tatbiq etilishi ta’kidlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter