O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni ko‘paygan – statistika
O‘zbekistonda joriy yilning dastlabki 4 oyida 280,8 mingta tirik tug‘ilishlar qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich, 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,7 foizga oshgan.
Statistika agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2023-yilning yanvar-aprel oylarida tirik tug‘ilganlarning farzandlar ketma-ketligi bo‘yicha soni:
- Birinchi (to‘ng‘ich) farzand – 66,6 mingta
- Ikkinchi farzand – 91,2 mingta
- Uchinchi farzand – 80 mingta
- To‘rtinchi va undan keyingi farzand – 43 mingta.
Ma’lumot uchun, joriy yil boshida Prognozlash va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari O‘zbekiston aholisining soni 2035-yilga borib 45 milliondan oshishi mumkinligini bashorat qilib, mamlakatning sezilarli demografik o‘sish imkoniyatlari haqida to‘xtalgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter