Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda qaysi xorij davlati investitsiyalari ko‘proq o‘zlashtirilayotgani aytildi

O‘zbekistonda qaysi xorij davlati investitsiyalari ko‘proq o‘zlashtirilayotgani aytildi

2024-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 107,1 trln so‘mni tashkil etgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar ulushi 68,9 foizga yetgan.

O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar:

  • Xitoy – 23 foiz
  • Rossiya – 13,8 foiz
  • Turkiya – 8,5 foiz
  • Saudiya Arabistoni – 7,2 foiz
  • BAA – 4,8 foiz
  • Germaniya – 3,8 foiz. 
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring