Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘oniston O‘zbekistonda korxona ochgan mamlakatlar yetakchi beshligiga kirdi

Afg‘oniston O‘zbekistonda korxona ochgan mamlakatlar yetakchi beshligiga kirdi

Illyustrativ foto

Mamlakatimizda, 2025-yilning 1-aprel holatiga, chet el investitsiyasi ishtirokidagi 15 739 ta korxona va tashkilot faoliyat yurityapti. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Shundan 4 031 tasi — qo‘shma korxona, 11 708 tasi — xorijiy korxona.

Xorijiy davlatlar kapitali ishtirokida O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni:

  1. Xitoy — 3 711 ta
  2. Rossiya — 3 033 ta
  3. Turkiya — 1 942 ta
  4. Qozog‘iston — 1 082 ta
  5. Afg‘oniston — 672 ta
  6. Janubiy Koreya — 663 ta
  7. BAA — 352 ta
  8. Tojikiston — 329 ta
  9. Hindiston — 317 ta
  10. AQSh — 310 ta
  11. Qirg‘iziston — 309 ta
  12. Ozarbayjon — 278 ta
  13. Buyuk Britaniya — 240 ta
  14. Belarus — 230 ta
  15. Germaniya — 217 ta
  16. Turkmaniston — 209 ta
  17. Pokiston — 148 ta
  18. Yaponiya — 92 ta.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring