Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda OAV manfaatlarini himoyalovchi Media-ombudsmen ta’sis etiladi

O‘zbekistonda OAV manfaatlarini himoyalovchi Media-ombudsmen ta’sis etiladi

Foto:«Sputnik International»

O‘zbekistonda Media-ombudsmen instituti ta’sis etiladi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uning vazifasi OAV huquqlarini kafolatlash va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, davlat idoralarining OAV faoliyatiga asossiz aralashuvidan ogohlantirish, OAV hamda davlat idoralari, jismoniy, yuridik shaxslar o‘rtasidagi nizoli holatlarni hal qilish bilan shug‘ullanishdan iborat bo‘ladi.

Media-ombudsmen ommaviy axborot vositalarining huquqlari buzilganda ularga huquqiy yordam ko‘rsatishdan tashqari, o‘z o‘rnida, OAV tomonidan davlatning amaldagi qonunchiligiga, jumladan, axborot sohasiga oid qonun hujjatlariga rioya etilishini ham nazorat qiladi.

Bu borada u o‘quvchi-mushtariylar, tomoshabinlar va yuridik shaxslarning OAVdagi nizoli materiallar yuzasidan shikoyatlarini o‘rganadi. Media-ombudsmen so‘z erkinligi va OAV mustaqilligini ta’minlash asnosida shu kabi nizoli vaziyatlarni tartibga solish va sudga qadar ish yuritish bosqichida OAV hamda davlat idoralari, jismoniy, yuridik shaxslar o‘rtasidagi nizoli holatlarni hal qilish funksiyasini bajaradi.

Media-ombudsmen faoliyati quyidagi mezonlar asosida tashkil etiladi: mustaqillik, boy amaliy tajriba, huquqiy normalarni yaxshi bilish va xatolar ustida ishlash, sohaga doir kamchilik va yutuqlardan xabardor bo‘lish, professional va dimplomatik yondashuv.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring