Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ketma-ket ikki zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekistonda ketma-ket ikki zilzila sodir bo‘ldi

Bugun tunda O‘zbekiston hududida ketma-ket ikki yer silkinishi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Dastlab Toshkent vaqti bilan 02:52 da (05.03.2021 yil, Grinvich bo‘yicha 21:52 da) poytaxt yaqinida zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 40,89 gradus shimoliy kenglik; 69,5 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,4. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 48 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

  • Toshkent: 48 km, 4 ball.
  • Namangan: 183 km, 2 ball.
  • Guliston: 75 km, 3 ball.
  • Jizzax: 164 km, 2 ball.

Ikkinchi zilzila Toshkent vaqti bilan 06:04 da (06.03.2021 yil, Grinvich bo‘yicha 01:04 da) O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 40,24 gradus shimoliy kenglik; 71,88 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 13 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 252 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

  • Namangan: 86 km, 2 ball.
  • Andijon: 72 km, 2 ball.
  • Farg‘ona: 18 km, 4 ball.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring