O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayadi, qor yog‘adi
Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berishicha, 12-15-noyabr kunlari O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali sovuq va nisbatan nam havo kirib keladi.
12-13-noyabr kunlari respublika hududi bo‘ylab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kutiladi. Yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Shamol tezligi ba’zi hududlarda 25-28 m/soniyagacha kuchayishi mumkin.
13-15-noyabr kunlari respublika hududi bo‘ylab havo harorati kechasi minus 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi. Shimolda esa kechasi -13 darajagacha, kunduzi -7 daraja sovuq bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter