Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gidrometeorologiya sohasida yangi unvon ta’sis etiladi

Gidrometeorologiya sohasida yangi unvon ta’sis etiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar portalida yangi qonun loyihasi taqdim etildi. Unga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan gidrometeorolog» unvoni ta’sis etiladi.

Shuningdek, qonunga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan gidrometeorolog» faxriy unvoni gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit monitoringi sohasini rivojlantirish, gidrometeorlogik ishlab chiqarishni kengaytirish, gidrometeorologiya sohasi moddiy-texnika bazasini yaratish va mustahkamlash, gidrometeorologiya ishlarini amalga oshirishda zamonaviy va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish hamda joriy etish, soha uchun chuqur bilimga ega kadrlar tayyorlash borasidagi katta xizmatlari uchun gidrometeorologiya tarmog‘ining yuqori malakali gidrometeorologlari va muhandis-texnik xodimlariga hamda ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalarining tajribali mutaxassislariga beriladi.

Qaror loyihasi matnida «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan gidrometeorolog» ko‘krak nishoni tasnifi kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring