O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi mamlakat talabalari tahsil olayotgani ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili boshida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 12,5 ming nafarga yetdi.
Talabalarning aksariyati Hindiston fuqarolari — 6502 nafar. Shuningdek, Turkmaniston (1430), Pokiston (1250), Rossiya (732) va Qozog‘iston (639) kabi davlatlardan kelgan yoshlar ham oliygohlarda o‘qishmoqda.
Quyida xorijlik talabalar soni davlatlar kesimida:
Hindiston – 6502 nafar
Turkmaniston – 1430 nafar
Pokiston – 1250 nafar
Rossiya – 732 nafar
Qozog‘iston – 639 nafar
Qirg‘iziston – 369 nafar
Xitoy – 325 nafar
Tojikiston – 322 nafar
Koreya – 197 nafar
Afg‘oniston – 157 nafar
Kanada – 126 nafar
Boshqalar – 431 nafar
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter