Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda elektromobillarga qiziqish pasaya boshladi

O‘zbekistonda elektromobillarga qiziqish pasaya boshladi

Joriy yilning yanvar oyida yengil elektromobillar savdosi 3,3 mingta avtomobilni tashkil etdi.Bu oldingi oyga nisbatan 7,8 foizga kamroq.

«O‘zbekistonda elektromobillarga qiziqish pasaya boshladi. Elektromobillar savdosining eng katta pasayishi Samarqand, Xorazm va Navoiy viloyatlarida qayd etildi», – deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotida.

Yillik hisobda esa elektromobillar savdosi 7,7 barobarga oshgan.

Markaz ma’lumotiga ko‘ra, bir oy davomida barcha avtotransport vositalarining sotilishi 8 foizga oshib, 144,5 ming donani tashkil etdi (o‘tgan yilning yanvariga nisbatan 14 foiz o‘sish).

Yengil avtomobillar sotuvi yil boshidan buyon 128 mingtani tashkil qilgan (o‘tgan oyga nisbatan 6 foiz ko‘p). Bu boradagi savdolarning eng yuqori o‘sish sur’atlari Navoiy, Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, yengil avtomobillar bozori yillik o‘lchovda 8 foizdan oshdi.

Shuningdek, sotuvlar:

  • birlamchi avtomobil bozorida 1,4 foizga (yil davomida 22 foizga);
  • ikkilamchi avtomobil bozorida 7,6 foizga (yil davomida 4,4 foizga) o‘sgan.

Shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqarilgan avtomobillarning birlamchi bozori qariyb 1 foizga o‘sdi, bir oy davomida 28 ming dona avtomobil sotildi. Yillik o‘lchovda avtomobil bozorining ushbu segmenti 20 foizga o‘sdi.

Xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi esa hisobot davrida 5,7 foizga o‘sdi va 3,47 mingta avtomobilni tashkil etdi. Yil davomida xorijiy avtomobil bozorida sotuvlar 37 foizdan oshdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring