Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘rt oyda 23,6 trln so‘mlik aloqa va axborotlashtirish xizmatlari ko‘rsatildi

To‘rt oyda 23,6 trln so‘mlik aloqa va axborotlashtirish xizmatlari ko‘rsatildi

Illyustrativ foto

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 23,6 trln so‘mga yetdi.

Ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 2024-yilning mos davriga nisbatan 122,9 foizni tashkil etdi (2024-yilning yanvar–aprelida — 119,8 foiz).

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining umumiy hajmida eng katta hajmni kompyuter dasturlashtirish xizmatlari egallagan — 2025-yil yanvar–aprel oylaridagi ulushi 44,9 foizni tashkil etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring