O‘zbekistonda birinchi marta g‘alla xirmoni 9 million tonnadan oshdi
O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi ma’lum qilishicha, mamlakatimizda birinchi marta g‘alla xirmoni 9 million tonnadan oshdi.
Ma’lum qilinishicha, bu yilgi mavsumda suvli maydonlarga ekilgan g‘allazorlardan 2 mln 550 ming tonnadan ortiq yoki har gektar hisobiga 2,5 tonna bug‘doy jamg‘arilib, davlat xaridi to‘liq amalga oshirilgan. Bunga 40 mingga yaqin g‘allachilik fermer xo‘jaliklari hissa qo‘shgan.
Bu mavsumda 4,5 mingdan ortiq fermer xo‘jaligi 100 sentnerdan yuqori xirmon ko‘targan.
Qo‘shimcha qilinishicha, belgilangan hajmdagi bug‘doy barcha hududlarda 15-16 ish kunida jamg‘arilgan. Shu bilan birga, dalalarda hosil mo‘lligi, o‘rim-yig‘im ishlari ko‘tarinkilik bilan davom etayotgani aytiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter