Pokiston tarixida bug‘doydan eng yuqori hosil olinadi
Pokistonda joriy mavsumda (2024/2025) bug‘doy hosili 31,4 mln tonnaga yetib, rekord o‘rnatiladi. AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligi ((USDA)ning ushbu prognozini World Grain nashri e’lon qildi.
Bug‘doy hosili 28 mln tonna hosil olingan 2023-yilga nisbatan 11 foiz ko‘payadi. Asosiy hosil Panjob viloyatiga to‘g‘ri keladi.
«Mo‘l hosilga g‘alla ekin maydonlarining ancha kengaytirilishi hamda bug‘doy hosildorligining oshirilishi orqali erishildi. Qatorasiga ikkinchi yil mamlakat tarixida eng ko‘p bug‘doy o‘rib olinmoqda. Mavsum davomida ob-havoning qulay kelishi, sug‘orish uchun suv yetarli bo‘lgani va yaxshi navlarning yaratilishi rekord hosilni ta’minladi», — deyishdi bir guruh ekspertlar.
Biroq Pokiston hukumatining bug‘doyni minimal kafolatlangan narxda sotib olishni bekor qilish to‘g‘risidagi yaqindagi qaroridan so‘ng bug‘doy narxi keskin tushib ketdi. Shu bois kelgusi mavsumda bug‘doy maydonlari qisqarishi va mamlakat importga qarab qolishi mumkin.
Pokistonda bug‘doy iste’moli 2024/2025-yillar mavsumida 31,2 million tonnaga yetishi kutilmoqda.
Avvalroq O‘zbekiston tarixida birinchi marta g‘alla xirmoni 9 million tonnadan oshgani haqida xabar bergandik.
Solishtirish uchun: Pokiston O‘zbekistonga qaraganda qariyb 3,5 baravar ko‘p bug‘doy yetishtirgan, biroq bu mamlakat aholisi biznikidan taxminan 6 baravar ko‘p.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter