O‘zbekistonda birinchi marotaba «Kenguru» matematika tanlovi o‘tkaziladi
2018-yilning mart oyida O‘zbekistonda birinchi marotaba «Kenguru» matematika tanlovi o‘tkaziladi. Tanlovning asosiy maqsadi — matematik misollarni yechish qiziqarli va quvnoqligini ko‘rsatib berishdir.
Tanlov «AKSF»ning O‘zbekistondagi rasmiy vakili hisoblangan «Olympia» MChJ kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan. 2018-yili tanlovda dunyoning 80 ta mamlakatidan 6 mln. nafardan ortiq maktab o‘quvchilari qatnashishadi.
17-mart kuni O‘zbekistonda birinchi marotaba xalqaro matematika tanlovi o‘tkaziladi. Tanlovda O‘zbekistonning barcha hududlaridagi maktablarning 2—10-sinf o‘quvchilari qatnashishi mumkin.
Tanlovda qatnashish narxi 30 ming so‘m. Ro‘yxatdan o‘tish «olympia.uz» saytida 2018-yilning 1-mart kuniga qadar davom etadi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra har bir ishtirokchiga sertifikat beriladi. Tanlov g‘oliblari diplomlar bilan taqdirlanishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter