Toshkent xalqaro matematika olimpiadasiga katta mukofot qo‘yildi
Joriy yilning 24-25 fevral kunlari 3-11-sinf o‘quvchilari uchun olimpiadaning birinchi bosqichi onlayn o‘tkaziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar kesimida umumta’lim muassasalari – maktablar, akademik litsey va ixtisoslashgan maktablar o‘quvchilariga o‘z matematik bilimlarini namoyish etish imkoniyati taqdim etiladi.
Barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlanadi. Jami 450 mln so‘mlik mukofot jamg‘armasiga ega olimpiadaning g‘olib ishtirokchilarini esa oltin, kumush, bronza medallari, pul mukofotlari, esdalik sovg‘alari, eng muhimi xalqaro universitetda o‘qish uchun 100% lik grantlar kutmoqda.
Olimpiadada ishtirok etish uchun telegramdagi @tasimo_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter