Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda 50 dan ortiq kinoteatr qurish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 50 dan ortiq kinoteatr qurish rejalashtirilmoqda

Foto: «Sputnik»

O‘zbekistonda 2019-yil oxirigacha standart loyihalar uchun 50 dan ortiq kinoteatrlar qurish rejalashtirilgan. Bu haqda «Sputnik» nashri xabar berdi.

Bugungi kunga kelib, 3 ta standart kinoteatr loyihasi tasdiqlandi: yozgi, shuningdek, bir qavatli va ikki qavatli. Bir va ikki qavatli kinoteatrlarda ikkitadan zal bo‘lib, ularning har biri taxminan 50 o‘ringa mo‘ljallangan.

Hozirda loyihalarni moliyalashtirish ishlari olib borilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, asosiy donor O‘zbekiston Milliy banki bo‘lib, ushbu ob’yektlar tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar asosida taqdim etiladi.

Bundan tashqari, joriy yilda davlat budjeti tomonidan 20 ta, 2019-yilda 25 ta, 2020 yilda 30 ta hujjatli, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik filmlar, kinojurnallar tayyorlash uchun mablag‘ ajratiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring