Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AOKA «Kinoteatr»dagi yalang‘och sahnani ham o‘rganishni boshladi

AOKA «Kinoteatr»dagi yalang‘och sahnani ham o‘rganishni boshladi

Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda «Kinoteatr» telekanali orqali efirga uzatilgan filmlarning birida ochiq sahnalar namoyish etilgani haqidagi lavha jamoatchilik muhokamalariga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan AOKA bayonot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur lavha 2022 yilning 31 yanvar kuni soat 22:00da efirga uzatilgan «Baunti» filmi namoyishidan olingan.

«Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan dastlabki o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish ishlari Agentlik tomonidan nazoratga olinib, ekspertlar tayinlandi.

O‘rganish yakunlari yuzasidan tayyorlangan xulosa asosida «Kinoteatr» telekanaliga taqdimnoma hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga huquqiy baho berish uchun ma’lumot kiritiladi», deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Sevimli» telekanalida namoyish etilayotgan milliy serialni AOKA o‘rganishni boshlagani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring