Katta ekranda nima gap?
Ayni damda yurtimiz kinoteatrlarida bir qator qiziqarli o‘zbek filmlari namoyishi boshlangan. Birinchisi, shoir va yetuk ijodkor hayoti haqida hikoya qiluvchi «Muqimiy» filmi bo‘lsa, ikkinchisi tarixiy-fantastik janrdagi «Hayrat» dramasi. Shuningdek, «Orzular qanotida» myuzikli ham kuni kecha premera qilinib, keng tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.
Kinematografiya agentligi tomonidan taqdim etilayotgan uchchala film ham e’tiborga molik. «Hayrat»da Bobur Yo‘ldoshev va o‘zbek kinosining so‘nggi porlagan aktrisalaridan Feruza Saidova. Bu rejissyor Zulfiqor Musoqovning navbatdagi ishi. Tarixiy janrdagi «Muqimiy» filmiga rejissyor Fotih Jalolov yangi nomlar bilan birga Adiz Rajabovni jalb etgan. «Orzular qanotida» komediyasida esa tajribali va o‘ziga xos Farhod Abdullayev, Sevara Soliyeva va Muhammadsoli Yusupovlarni ko‘rish mumkin.
Shu bilan birga yaqin kunlarda o‘zbek va qozoq xalqlarining qadimiy do‘stligi haqida so‘zlovchi «Meros» va Hamid Olimjon va Zulfiyaga bag‘ishlangan «Muhabbat bahori» filmlari premerasi ham kutilmoqda. So‘nggi paytlar anchagina ovoz chiqarishga ulgurgan «Men terrorchi emasman» blokbasteri ham kinoteatrlarda namoyish etilgani yo‘q. Uni ham kutib qolamiz. Hozircha esa yuqoridagi uch filmni kinoteatrga tushib tomosha qilish imkoni mavjud.
Kinoteatrlardagi seanslar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter