Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda 5 balli magnit bo‘ronlari kutilmoqda

O‘zbekistonda 5 balli magnit bo‘ronlari kutilmoqda

Foto: Xabar.uz

Ertaga, 24-mart kuni kunduzi O‘zbekistonda G3 darajali 5 balli magnit bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda.

Magnit bo‘roning G3 darajadagi yuqori faolligi tush paytida kutilayotgani uchun, bu omilning organizmga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida, ovqatlanish ratsionlariga baliq va ko‘kat mahsulotlarini kiritish, iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Magnit bo‘ronlari G3 darajali davrda ayrimlarda bosh qismining orqa tomoni va peshonada kuchsiz og‘rish kuzatiladi.

Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko‘proq o‘tirish tavsiya etiladi. Bu vaqt oralig‘ida yuqoridagi omilni o‘zida sezayotgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va kofe ichish hamda jismoniy zo‘riqish tavsiya etilmaydi.

Bir hafta avval ham magnit bo‘ronlari kuzatilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring