Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ularning bandligini ta’minlash eng dolzarb vazifa hisoblanadi» - Prezident

Ularning bandligini ta’minlash eng dolzarb vazifa hisoblanadi» - Prezident

Foto: Yoshlar agentligi

Bugungi tadbirda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qilishicha, ayni paytda respublikamizda ishsiz yigit-qizlar 1 million 200 ming nafarni tashkil etmoqda.

«Bugungi kunda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha joriy qilingan yangi tizim asosida 8 milliondan ziyod yigit-qizlarni qamrab olgan «Yoshlar balansi» shakllantirildi.

Eng muhimi, yoshlarning qiziqishlari, kasb-hunarga moyilligi, ma’lumoti, ijtimoiy ahvoli va muammolaridan to‘laroq xabardor bo‘lish imkonini beradigan tizim yaratildi.

Joriy yilda 404 ming yigit-qizlar o‘rta ta’limni, 151 ming nafari professional ta’lim muassasasini bitirib, mehnat bozoriga kirib keladi», — dedi Prezident.

«Ularning bandligini ta’minlash eng dolzarb vazifa hisoblanadi.

Jumladan, bir yil davomida tadbirkorlik dasturlariga 4 trillion so‘m yo‘naltirish orqali 220 ming nafar yoshlarning bandligi ta’minlanadi.

130 ming nafar yoshlarga kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qishi uchun 160 milliard so‘m subsidiya ajratiladi.

110 mingdan ziyod o‘g‘il-qizlarimiz esa davlat korxonalari va xususiy sektordagi bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtiriladi.

Shuningdek, yoshlarning tadbirkorlik loyihalariga 250 milliard so‘m subsidiya va kompensatsiyalar beriladi.

Ayni paytda, ularning qishloq xo‘jaligi sohasidagi faoliyatini ham tizimli ravishda rag‘batlantirib boramiz.

Masalan, Oltiariq uzumchilik klasteri namunasi asosida, respublikamizdagi 70 ta tumanda «Yoshlar agroklasteri»ni tashkil etib, 400 ming nafar yoshlarni ish bilan ta’minlaymiz.

Endi har yili o‘quv yili yakunlanishi bilan yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha har bir hudud alohida dastur qabul qiladi», — ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring