O‘zbekiston — Yaponiya uchrashuvini boshqaradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi
17-yanvar kuni Osiyo Kubogi guruh bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘tkazadi. Uchrashuv Al-Ayn shahridagi «Xalifa bin Zayd» stadionida bo‘lib o‘tadi.
O‘FA matbuot xizmati xabar qilishicha, mazkur bahsni BAAlik hakam Muhammad Abdulla Hasan Muhammad boshqarib boradi. Unga yon chiziqlarda hamyurtlari Muhammad Ahmad Yusuf Abdulla va Hasan Muhammad Hasan Abdulla yordam berishadi.
Darvoza ortida BAAlik boshqa bir hakam Ammor Junaybiy va iroqlik Ali Sabah Ad-Day Al-Qaysiy ishlaydi. To‘rtinchi hakam Xu Vey Min — Xitoydan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter