O‘zbekiston xorijdan ko‘proq kofe sotib olishni boshladi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 1,8 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 257,2 tonna kofe mahsulotlarini import qilgan.
Kofe mahsulotlari importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 61 tonnaga oshgan.
2022-yilning 7 oyida O‘zbekistonga import qilingan kofening eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlar:
— Italiya – 63,6 tonna
— Braziliya – 45 tonna
— Rossiya – 31,8 tonna
— Germaniya – 28,4 tonna
— Vetnam – 22,4 tonna
— Polsha – 19,1 tonna
— Turkiya – 12,7 tonna
— Belorus – 12,7 tonna
— Kolumbiya – 2,8 tonna
— Portugaliya – 2,7 tonna.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter