Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xitoyliklar uchun 7 kungacha vizasiz kirish tartibi joriy etdi

O‘zbekiston xitoyliklar uchun 7 kungacha vizasiz kirish tartibi joriy etdi

Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasi Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash to‘g‘risida Prezident Farmoni (PF–5819-son, 12.09.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqida «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qildi. 

Farmonga ko‘ra, Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasi Gonkong maxsus ma’muriy hududi fuqarolari uchun belgilangan tartibda mamlakatimiz xalqaro aeroportlari orqali 7 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga vizasiz kirish tartibi belgilandi.

Avgust oyida O‘zbekiston yana 20 ta davlat uchun vizasiz rejim joriy etgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring