Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva vafot etdi

O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva vafot etdi

O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 81 yoshida vafot etdi.

Oydin Hojiyeva 1942 yili Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani Bo‘ston qishlog‘ida tug‘ilgan. 1960 yili o‘rta maktabni, 1966 yili Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan.

1965-1976 yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, 1976-1985 yillar «Saodat» jurnalida bo‘lim mudiri, 1985-1995 yillarda «Gulxan», 1995 yildan esa «Saodat» jurnali muharriri lavozimida ishlagan. U 20 dan ortiq she’riy to‘plamlarning muallifidir.

Oydin Hojiyeva 1992 yilda «O‘zbekiston xalq shoiri» faxriy unvoni, 1999 yilda O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi, «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan.

«Xabar.uz» jamoasi marhumning yaqinlariga ta’ziya bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring