Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha muzokara o‘tkazildi

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha muzokara o‘tkazildi

2019 yilning 24-30 avgust kunlari Turkmanistonning Turkmanobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasi delimitatsiya va demarkatsiya masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat delegatsiyalari O‘zbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasining ayrim uchastkalarida demarkatsiya chizig‘i loyihasini o‘tkazishga kelishdilar hamda chegara demarkatsiyasi bo‘yicha normativ-huquqiy va texnik hujjatlar loyihalarini yakunladilar. Uchrashuvda umumiy Davlat chegarasida tomonlar bajaradigan demarkatsiya ishlari hajmi ham kelishildi.

Muzokaralar yakunlarida O‘zbekiston va Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari To‘lqin Abdullayev va Mamed Mamedov tegishli protokolni imzoladilar. Uchrashuv an’anaviy samimiy va do‘stona muhitda o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring