O‘zbekiston Turkmanistondan olingan elektrni Qirg‘izistonga yetkazgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Qirg‘iz Respublikasi Energetika vazirligining Qo‘shma bayonoti e’lon qilindi.
«Shuni ma’lum qilamizki, 2021 yil 11 martda Qirg‘iz Respublikasi Energetika va sanoat vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida imzolangan Bayonnomaga muvofiq, elektr energiyasini o‘zaro yetkazib berish tasdiqlangan jadvallarga muvofiq amalga oshiriladi.
Markaziy Osiyo mintaqasida suvning kamligi hisobga olinib, To‘xtagul suv omborining o‘ta og‘ir darajaga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tomonlar xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar o‘rtasidagi kelishuvlarga asosan Turkmaniston gazidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini Qirg‘iz Respublikasiga yetkazib berildi.
Shu bilan birga, shartnoma asosidagi kelishuvlarga muvofiq, elektr energiyasini Turkmanistondan Qirg‘iz Respublikasiga O‘zbekiston energetika tizimi orqali tranzit qilish energetika tizimlarining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, tomonlarning xo‘jalik yurituvchi sub’yektlari o‘rtasida 2023 yilda Turkmaniston elektr energiyasi tranzitini ta’minlashga qaratilgan tegishli shartnomalar imzolangan.
Ikki mamlakat energetika vazirliklari va energetika korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik o‘zaro hurmat va energetika tizimlari ishlash rejimining izchilligi tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda», deyiladi bayonotda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter