Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston so‘nggi ikki yilda oltin sotishni keskin ko‘paytirdi

O‘zbekiston so‘nggi ikki yilda oltin sotishni keskin ko‘paytirdi

2020-yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 3,2 mlrd dollarlik oltin eksport qildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil yanvar-iyul oylariga nisbatan o‘sish 95,3 foizni tashkil etgan. 2020-yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonning eksport tarkibida oltinning ulushi 39,8 foizga teng bo‘ldi.

Kun.uz xabaricha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015-yilda 823,9 million dollardan, 2016-yilda 738,2 million dollardan, 2017-yilda 1,6 milliard dollardan, 2018-yilda 2,91 milliard dollardan va 2019-yilda 4,9 mlrd dollardan ortiqroqni tashkil etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring