O‘zbekiston rus gazi importini oktyabrdan boshlaydi
Qozog‘istonning QazaqGaz shirkati joriy yilning oktyabr oyidan O‘zbekistonga Rossiya gazini tashishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda kompaniya boshqaruvi raisi Sanjar Jarkeshov ma’lum qildi.
«Milliy kompaniya rahbari Markaziy Osiyo magistral gaz quvurining Qozog‘iston qismi – Rossiya gazini Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tashish markazi bo‘yicha tayyorgarlik ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi. O‘zbekistonga gaz tranziti 2023-yil oktyabr oyida boshlanishi rejalashtirilgan», – deyiladi Kazinform agentligi xabarida.
Shuningdek, kompaniya barcha texnik tadbirlar tasdiqlangan jadvalga muvofiq to‘liq hajmda amalga oshirilayotganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyi o‘rtalarida Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi va QazaqGaz o‘rtasida Rossiya tabiiy gazini O‘zbekistonga tranzit qilish bo‘yicha kelishuv imzolangan edi.
Energetika vazirligi ham Shartnoma doirasida joriy yilning 1-oktyabridan kuniga 9 million kubometr tabiiy gazni import qilish boshlanishi hamda yillik hajm qariyb 2,8 milliard kubometrni tashkil etishini ma’lum qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter