O‘zbekiston qovun-tarvuz eksportidan 22,1 mln. dollar daromad ko‘rdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 22,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 80,6 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.
Bu yil mamlakatimizda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 23 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan bo‘lib, eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,2 ming tonnaga kamaygan.
O‘tgan 10 oy mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:
- Qozog‘iston – 33,3 ming tonna
- Rossiya – 20,2 ming tonna
- Qirg‘iz R. – 13,8 ming tonna
- Ukraina – 5,6 ming tonna
- Latviya – 2,9 ming tonna
- Belarus – 1,4 ming tonna
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter