O‘zbekiston xorijga qovun-tarvuz eksportini qariyb 72 foizga oshirdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-avgust oylarida xorijga qiymati 33,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 119,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.
Qovun va tarvuz eksporti hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 50,1 ming tonna (71,8 foiz)ga ko‘paygan.
O‘zbekiston 2022-yilning 8 oyida eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilingan davlatlar:
— Qozog‘iston – 53,6 ming tonna
— Rossiya – 26,9 ming tonna
— Qirg‘iziston – 19,9 ming tonna
— Tojikiston – 12,2 ming tonna
— Latviya – 2,4 ming tonna
— Belarus – 2,3 ming tonna
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter