O‘zbekiston o‘tgan yili qovun-tarvuz eksportidan qancha foyda qilgani aytildi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida 16 ta davlatga qiymati 33,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 135,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.
Qovun va tarvuz eksporti hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 53,8 ming tonnaga ko‘paygan.
O‘zbekiston 2022-yilning 11 oyida eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilingan davlatlar:
— Qozog‘iston – 58,2 ming tonna
— Rossiya – 28,1 ming tonna
— Qirg‘iz R. – 27,2 ming tonna
— Tojikiston – 14,5 ming tonna
— Latviya – 2,8 ming tonna
— Belarus – 2,4 ming tonna
— Germaniya – 868 tonna
— Polsha – 684 tonna
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter