Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston 2022-yilda qovun-tarvuz eksportini keskin oshirdi

O‘zbekiston 2022-yilda qovun-tarvuz eksportini keskin oshirdi

Foto: Xabar.uz

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 26,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 98,1 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Qovun va tarvuz eksporti hajmi 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 44,5 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 7 oyida O‘zbekiston eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:

- Qozog‘iston – 47 ming tonna

- Rossiya – 23,4 ming tonna

- Qirg‘iz R. – 14,4 ming tonna

- Tojikiston – 9,3 ming tonna

- Belarus – 1,9 ming tonna

2022 yilning 7 oyida xorijga eng ko‘p qovun va tarvuz eksport qilgan hududlar:

- Toshkent viloyati – 23,4 ming tonna

- Farg‘ona viloyati – 12,8 ming tonna

- Andijon viloyati – 11,4 ming tonna

Eslatib o‘tamiz, olti oyda 16,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 67,8 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilingan. Shuningdek, o‘tgan 2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 22,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 80,6 ming tonna qovun va tarvuz sotgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring