Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston qonunchiligida o‘qituvchilarga qanday imtiyozlar berilgan?

O‘zbekiston qonunchiligida o‘qituvchilarga qanday imtiyozlar berilgan?

1-oktyabr «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» etib belgilangan hamda ushbu kun bayram (dam olish) kuni hisoblanadi. 

  • O‘qituvchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun pul to‘lamaydi.
  •  Maktab direktorlariga ham oylik ustamalar to‘lanishi mumkin. 
  • O‘quvchilari OTMga ko‘p kirgan maktablar rahbariyati rag‘batlantiriladi.
  • O‘qituvchi bo‘lib ishlayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblariga har oy 150 foiz ustama to‘lanadi.
  • Pensiya yoshidagi pedagoglar navbatdagi attestatsiyaga jalb etilmaydi.
  • Inklyuziv ta’lim sinflari o‘qituvchilariga qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
  • Qishloqlardagi maktablarda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlayotgan ayollarga ustama to‘lanadi.
  • PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajaga ega mutaxassislarga ustama to‘lanadi.
  • Sportchi-trenerlarga imtiyozlar beriladi.
  • Ta’lim sifati past maktablarda boshqa hududlardan kelib dars berayotgan o‘qituvchilar uchun maxsus ustamalar joriy qilingan.
  • Matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilarga pul mukofoti beriladi.
  • Ayrim jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga malaka toifasi attestatsiyasiz beriladi. 
  • Xalq ta’limi tizimi pedagog xodimlariga iste’mol kreditlari va avtotransport sotib olish uchun imtiyozli kreditlar beriladi.
  • Tibbiyot sohasi professor-o‘qituvchilariga davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi.  
  • Ta’lim muassasalarining chet tillar fanlari o‘qituvchilariga oylik ustamalar beriladi.  
  • O‘qituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik bor. 
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring