«O‘zbekiston pochtasi» xalqaro aviapochta jo‘natmalarini qisman tikladi
«O‘zbekiston pochtasi» kompaniyasi 20-apreldan boshlab xalqaro aviapochta jo‘natmalarini yuborishni qisman tikladi. Bu haqda AKT vazirligining axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hozirda 38 ta davlatga xalqaro aviapochta jo‘natmalarini qabul qilish boshlangan. Jo‘natmalar yuk tashishni amalga oshiruvchi aviaqatnovlar orqali joriy yil 20-apreldan 1-iyungacha dunyoning 38 davlatiga «Ekstra» tarif rejasi asosida xalqaro avia pochta jo‘natmalarni yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi bo‘yicha e’lon qilingan karantin rejimi vaqtida 20-martdan boshlab «O‘zbekiston pochtasi» pochta jo‘natmalarini yer usti transporti orqali boshqa davlatlarga yuborayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter