«O‘zbekiston pochtasi» va Amiti universiteti o‘zaro hamkorlik shartnomasini imzoladi
«O‘zbekiston pochtasi» AJ Bosh direktori v.b. Alisher Fayzullayev va Toshkent shahridagi Amiti universiteti direktori v.b. Bobur Abdullayevlar o‘zaro hamkorlik faoliyati to‘g‘risida shartnomani imzoladi.
Shartnoma doirasida tomonlar hamkorlikda innovatsion siyosatni amalga oshirishda qatnashish hamda O‘zbekiston iqtisodiyotining real tarmog‘iga joriy etish bo‘yicha innovatsion mahsulotlar yaratish, yosh ixtirochilarni rag‘batlantirish niyatidalar.
Toshkent shahridagi Amiti universitetining bitiruvchilari «O‘zbekiston pochtasi» AJ korxonalarida ishlash, talabalar esa amaliyot o‘tash imkoniga ega bo‘lishi kutilmoqda.
«O‘zbekiston pochtasi» AJ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda «AKT-menejmenti» sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida Toshkent shahridagi Amiti universitetining professorlari va o‘qituvchilarini jalb qiladi.
Tomonlar innovatsion va yoshlar siyosatini amalga oshirish masalalari, shuningdek, o‘quv-uslubiy tavsiyalar va adabiyotlarni nashr etish bo‘yicha turli seminarlar, davra suhbatlari hamda konferensiyalar o‘tkazishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter