Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston musulmonlari idorasida tartibsizlik qilgan shaxslar sudga tortildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasida tartibsizlik qilgan shaxslar sudga tortildi

Kecha, 8-aprel kuni taxminan soat 11.00 da Toshkent shahar IIBBga O‘zbekiston musulmonlari idorasidan ikki nafar noma’lum shaxslar jamoat tartibini buzganliklari to‘g‘risida ma’lumot kelib tushgan.

IIBB matbuot xizmati xabar berishicha, voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari idora raisi muftiy Usmonxon Alimov bilan uchrashuvni tashkillashtirishni qo‘pol tarzda talab qilayotgan ikki nafar erkak kishini to‘xtatishgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ishchilarining ma’lum qilishlaricha, Usmonxon Alimov xizmat safarida bo‘lganligi sababli, idoraga kelgan ikki nafar shaxs bilan idora raisining o‘rinbosari Abdulaziz Mansur uchrashgan. Ammo ular rais o‘rinbosari bergan javoblardan qoniqmasdan, idora xodimlariga qaratilgan turli xil haqoratomuz o‘xshatishlar bilan o‘z talablarini izhor etishda davom etishgan. O‘zlarining har bir harakatlarini ular mobil telefon orqali ijtimoiy tarqmoqlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatib videoga olishgan.

Ichki ishlar xodimlarining jamoat tartibini buzishni to‘xtatish va O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimlari bilan konstruktiv suhbatga o‘tish to‘g‘risidagi qonuniy talablariga ikki nafar erkak qat’iy rad javobini berishgan. Shu munosabat bilan ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzilgan. 

Olmazor tumani ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi ushbu fakt bo‘yicha to‘plangan materiallarni o‘rganib chiqib va tomonlar fikrlarini eshitib, 43 yoshli muqaddam bir necha bor sudlangan (shular qatorida firibgarlik uchun ham) R.K. va 47 yoshli A.T.larni O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- («Mayda bezorilik») va 194-moddalarida («Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik») ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring